Instagram accountni sozlash
Maqolada Instagram kanalni qo'shishdan avval instagram accountda qilinadigan ishlar ko'rib chiqiladi
Instagramni professional accountga o'zgartirish
Instagram bilan integratsiya (xabarlarni olish, kommentlarni o‘qish, avtomatlashtirish va hokazo) qilish uchun oddiy (personal) account yetarli bo‘lmaydi. Meta API’lar faqat Professional account (Business yoki Creator) bilan ishlaydi. Shu sababli birinchi qadamda Instagram accountingizni professional accountga o‘tkazishimiz kerak.
Professional account quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- Instagram API’lardan foydalanish imkoniyati
- Facebook sahifa bilan bog‘lash
- Statistika (Insights) va biznes sozlamalari
- Xabarlar (DM) va kommentlar bilan ishlash
Web browser orqali instagram saytiga o‘ting va login parolingizni tering. Chap tomondagi menudan Yana bo‘limidan Sozlamalar bo‘limiga o‘ting.
U yerdan Account turi bo‘limiga o‘ting va Professional accountga o‘zgartirish tugmasini bosing.
Bu yerda account turi sifatida Kompaniya (ingliz tilidagi variantda Business) tanlanadi va keyingi qadamlar bajariladi.
⚠️ Eslatma: Agar siz Creator turini tanlasangiz, ba’zi API va biznes funksiyalar ishlamasligi mumkin. Shu sababli Business tavsiya etiladi.
Shundan so‘ng Instagram accountingiz professional accountga o‘zgaradi.
Facebook sahifa nima va u nega kerak?
Facebook sahifa (Page) — bu kompaniya, brend yoki loyiha uchun yaratiladigan alohida profil bo‘lib, u shaxsiy Facebook profilingizdan mustaqil ishlaydi.
Instagram’ni AI Assistant’ga ulashda Facebook sahifa majburiy hisoblanadi, chunki:
- Instagram API’lar Facebook Page orqali ishlaydi
- Instagram DM’lar va kommentlar Meta Webhook’lar orqali aynan Page’ga bog‘lanadi
- Access token’lar Facebook sahifa nomidan beriladi
ℹ️ Muhim: Agar sizda allaqachon Facebook sahifa mavjud bo‘lsa, yangi sahifa yaratishingiz shart emas. Mavjud sahifadan bemalol foydalanishingiz mumkin.
Facebookda sahifa yaratish
Web browser orqali facebook saytiga o‘ting va login parolingizni tering. O‘ng tomon yuqori qismidagi rasm ustiga bosing. Bu yerda ochilgan oynada sizning profillaringiz ro‘yxati chiqadi.
Bulardan:
- birinchisi — sizning shaxsiy profilingiz
- undan keyingilari — siz tomoningizdan yaratilgan Facebook sahifalar bo‘ladi
Agar ro‘yxatda mos sahifa bo‘lmasa, Barcha profillar tugmasini bosing. U yerdagi oynadan Sahifa yaratish tugmasi orqali yangi sahifa yarating.
Quyidagi link orqali siz to'g'ridan to'g'ri sahifa yaratish bo'limiga o'tishingiz mumkin: https://www.facebook.com/pages/creation
Sahifa yaratishda quyidagi ma’lumotlar so‘raladi:
- Sahifa nomi (masalan: kompaniya yoki loyiha nomi)
- Kategoriya (Business, Product, Service va hokazo)
- Qisqacha tavsif (ixtiyoriy)
Bu ma’lumotlarni to‘ldirib, sahifani yarating.
Facebook sahifani Instagram accountga bog‘lash
Instagram va Facebook sahifani bog‘lash — bu eng muhim qadam. Aynan shu bog‘lanish orqali Instagram xabarlarini qabul qilish va yuborish mumkin bo‘ladi.
Facebook sahifani Instagram accountga bog‘lash uchun:
- facebook saytida kerakli Facebook sahifaga o‘ting
- Chap tomondagi menudan Sahifa sozlamalariga kiring
- Bu yerda Ruxsatlar bo‘limi ostidagi Ulangan hisoblar menusini tanlang
- Instagram ni tanlang
Keyingi oynada sizdan Instagram login va paroli so‘raladi. Kerakli Instagram accountga login qiling va ruxsatlarni tasdiqlang.
Agar hammasi to‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa:
- Instagram account Facebook sahifaga bog‘lanadi
- Facebook sahifa Instagram’ni boshqarish huquqiga ega bo‘ladi
Agar sizda muammolar yuzaga kelsa yoki qo‘shimcha savollar bo‘lsa, iltimos, (55)508-55-11 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegram orqali murojaat qiling: